"Yuventus" Jan bilan kelishib oldi. U qachon Turin klubiga o'tadi?

Aslanov Jasurbek
5 yanv 2018, 15:22
"Liverpul" yarim himoyachisi Emre Jan faoliyatini Italiyada davom ettiradi.

Nemis futbolchisi "Yuventus"ga o'tadi, kelishuv amalga oshdi.

23 yoshli Jan yanvarda  "Yuventus"ga o'tsa, Turin klubi 5-6 mln. evroga to'lashi mumkin, ammo "keksa sinora" yozgacha kutmoqchi. Yarim himoyachining shartnomasi 2017/18 mavsum oxirida yakuniga etadi va Jan turinliklar safiga tekinga o'tadi.

"Liverpul" Janni o'z safida olib qolmoqchi. Joriy mavsum yarim himoyachi klub safida 25ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 4ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia