Yuventus – Inter. Buffon maydonga tushmaydi

Narzulla Saydullayev
9 dek 2017, 08:55
Yuventus posboni Janluiji Buffon Italiya A seriyasi 16-turidan o'rin olgan Interga qarshi o'yin qaydnomasidan o'rin olmadi.

Oldinroq bosh muabbiy Massimiliano Allegri 39 yoshli darvozabon jarohat tufayli maydonga tusha olmasligini ma'lum qilgandi.

Turinliklar qaydnomasida shuningdek Shtefan Lixtshtaynerga ham joy tegmadi. Tarkibga Jorjo Kellini qaytdi.

Yuventus - Inter uchrashuvi bugun tunda, soat 00.45da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/juventusfc