

"Keksa sinora" 27 yoshli forvardni yozgi transfer oynasida o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'radi. O'yinchining shartnomasida 12 million evrolik tovon puli yozilgan. Italiya klubi yozda bu bandni faollashtirmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Arkadiush "Marsel"ga qadar "Napoli"da o'ynagan.
Milik joriy mavsum Fransiya chempionati doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.



