“Yuventus” futbolchisi 70 mln. evroga “Real”ga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
20 mar 2019, 22:25
Turinning “Yuventus” jamoasi yarimhimoyachisi Miralem Pyanich faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin, deya xabar qiladi Calciomercato.​

Manbaning ma'lum qilishicha, futbolchiga “Real” klubi qiziqmoqda. Umuman Madrid jamoasi ko'p yillardan buyon xavbekni kuzatib keladi. Bosniyalik 28 yoshli futbolchining boshlang'ich transfer bahosi 70 mln. evroga baholangan.

Pyanichning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023-yilning yozigacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calciomercato