"Yuventus" futbolchilari ham koronavirus uchun test topshirishdi

Sherzod Nurmatov
21 may 2020, 23:16
Bu haqda "Yuventus" rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tibbiy ko'rik natijalariga ko'ra, barcha o'yinchilarning testlari salbiy natija berdi.

"Byankonerilar" bir necha kundan beri kichik guruhlarda mashq qilyapti. Yaqin kunlarda klub to'liq jamoaviy mashg'ulotlarni boshlaydi.

Eslatib o'tamiz, "Yuventus" futbolchilaridan hujumchi Paulo Dibala, yarim himoyachi Blez Matyuidi va himoyachi Daniele Rugani COVID-19 bilan kasallangan edi.

Italiya A Seriyasining bu mavsumi 20 iyunda qayta boshlanishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: juventus.com