"Yuventus" Depayni rad etishi mumkin

Alisher
21 avg 2022
"Yuventus" bosslari niderlandiyalik Memfis Depayning moliyaviy talablarini qondirmoqchi emaslar.

Shu sabab, "Barselona" forvardining "Yuventus"ga o'tishi barbod bo'lishi mumkin.

"Keksa sinora" Depay bilan shartnoma imzolashni rad etmoqchi va boshqa variantlarni ko'rmoqda. Turin grandi short-listida Arkadiush Milik va Marko Arnautovich bor.

Oldinroq, Memfis Depayning "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomani bekor qilishi va "Yuventus"ga erkin agent maqomida o'tishi haqida xabar berilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo