“Yuventus” darvozaboni bilan shartnomasini uzaytirdi

28 sen 2018, 07:35
Turin klubi jamoa darvozaboni Karlo Pinsolo bilan yangi shartnoma imzoladi.

28 yoshli darvozabon bilan 2020 yilgacha shartnoma tuzildi. Ma'lumot uchun, Karlo faoliyatining asosiy qismini B Seriya klublarida ijarada o'tkazgan. Jumladan, u “Peskara”, “Vichenca” va “Livorno” kabi klublarda to'p surgan.

“Yuventus” uchun yagona rasmiy o'yinini o'tgan mavsum “Verona”ga qarshi o'tkazgan. O'shanda u 63-daqiqada zaxiradan maydonga tushgandi. Karlo Voycex Shesni va Mattia Perindan so'ng klubning 3-raqamli darvozaboni hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Ювентус” расмий сайти