"Yuventus" Bonuchchini transferga qo'ydi

Aziz Tukhtamuradov
14 iyul 2023
Himoyachi Leonardo Bonuchchi asosiy tarkibdan chiqib ketdi.

Turinliklar klubi direktorlari bu haqida himoyachiga ma'lum qilishdi. Futbolchi bu xabarni eshitib xayratda qolgan. 

Endi Bonuchchi alohida shug'ullanadi va "Yuve"ning AQSHdagi mavsumoldi turnesini o'tkazib yuboradi. Klub uni transferga qo'ygan. Jamoaning yangi sardori Danilo bo'ladi. 

Futbolchi klubda shartnomasining oxirigacha - 2024 yilgacha qolish istagida edi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport