"Yuventus" - "Bayer" o'yini raqamlarda

1 okt 2019, 20:00
Bugun Toshkent vaqti bilan YCHL 2-turidan o'rin olgan ushbu uchrashuv boshlanadi.

Mazkur qarama-qarshilik oldidan turinliklar rasmiy saytida o'yinga bog'liq bo'lgan bir qancha statistik ma'lumotlar taqdim etildi. 


UCHINCHI BAHS: Bugun tunda Turinning "Yuventus" va Leverkuzenning "Bayer" jamoalari o'zaro uchinchi rasmiy o'yinda to'qnash kelishadi. Bundan avvalgi ikki o'yinda tomonlar bir marotabadan g'alaba qozonishgan. 2001 yil noyabrida Turinda mezbonlar 4:0, 2002 yil mart oyida esa Germaniya klubi o'z maydonida 3:1 hisobida mag'lub etgan. 

"KEKSA SINORA" VS GERMANIYA KLUBLARI: "Yuventus" Chempionlar ligasining Germaniya klublariga qarshi so'nggi 4 ta o'yinidan birortasida g'alaba qozona olmagan (1 durang, 3 mag'lubiyat). 

"BAYER" 10 TADAN 2 TA G'ALABA: "Bayer Leverkuzen" YCHLda Italiya klublariga qarshi 10 ta o'yinning ikkitasida ustun kelgan (4 mag'lubiyat, 4 durang). Uy uchrashuvining birortasida g'alaba qozona olmagan (2 mag'lubiyat, 3 durang).

"YUVE" UYDA: Turinning bosh jamoasi Chempionlar ligasining oxirgi 21 uchrashuvdan faqatgina bittasida mag'lub bo'lgan. O'sha muvaffaqiyatsiz natija o'tgan mavsum MYUga qarshi o'yinda qayd etilgan (1:2). Qolgan 20 ta o'yinda 12 ta g'alaba va 8 bellashuvda murosa yo'li tanlangan. "Yuventus" mana shu o'yinlarning 13tasida gol o'tkazib yubormagan.

"BAYER" SAFARDA ENGILMAS: Leverkuzen jamoasi YCHLning so'ngi 5 ta safar o'yinida mag'lub bo'lmay kelmoqda - 1 g'alaba, 4 durang. Ular oxirgi marotaba 2015 yil noyabr oyida "Roma" safaridan quruq qo'l bilan qaytishgan.

TO'P NAZORATI: "Bayer" o'tgan turda "Lokomotiv Moskva" bilan o'yinda to'pga egalik qilish bo'yicha rekord ko'rsatkich qayd etishdi (78%). Bu natija 2014 yil fevral oyida bo'lib o'tgan "Bavariya" - "Arsenal" uchrashuvidan keyin (78,8%) eng yaxshi ko'rsatkich sifatida tarixga kirdi. 

CR7 VA GERMANIYA KLUBLARI: Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasida 24 marotaba Germaniya jamoalariga qarshi o'yinda 26 ta gol kiritgan. Bu borada u Messining Angliya klublari darvozasiga urgan golllari bilan tenglasha oladi (26 gol). Bugungi bahs Ronaldu uchun "Bayer"ga qarshi dastlabkisi bo'ladi. 

TOP UZATMA: "Bayer"ning 3 futbolchisi YCHLning birinchi turida boshqalarga nisbatan ko'proq uzatmalar berishdi: Sven Bender (121), Jonatan Ta (107) va Charles Arangis (103). 

O'xshash yangiliklar


Manba: juventus.com