

Dembelening shartnomasi bilan bog'liq vaziyatni "Manchester Yunayted", "Chelsi", "Yuventus" va "Bavariya" klublari kuzatmoqda. Forvardning Kataloniya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan.
Dembele "Barselona"da 2017 yildan beri o'ynaydi. Transfermarkt fransiyalik futbolchini 50 million evroga baholamoqda.
Dembele joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 1ta assist qayd etdi.



