"Yuventus" "Atletiko"ga qarshi bahsda rekord daromad oldi

Aslanov Jasurbek
13 mar 2019, 16:50
"Yuventus" rasmiy saytining ma'lum qilishicha, klub "Atletiko"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final javob o'yinida rekord daromad ko'rdi.

Italiya grandi bitta o'yinda umumiy hisobda 5,5 mln. evro pul ishlab olgan. "Yuventus"ning avvalgi rekordi 2018 yilning noyabr oyida "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsda bo'lgan. O'shanda "keksa sinora" 5 mln. evro daromad topgan edi.

"Yuventus" "Atletiko"ga qarshi bahsda hujumchi Krishtianu Ronalduning 3ta goli tufayli yirik g'alabaga (3:0) erishdi va keyingi bosqichga chiqdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Juventus.com