"Yuventus" 12 iyunda "Milan" bilan to'qnash keladi

4 iyun 2020, 23:07
Italiya sport vaziri Vinchenco Spadafora mamlakat kubogi bahslari o'tkaziladigan sanalarni e'lon qildi:

"Umid qlganimizdek, mavsum Italiya kubogi o'yinlari bilan qayta boshlanadi. Uchrashuvlarni Rai translyatsiya qiladi, biz hammamiz esa tomosha qilamiz.

Yarim finalning javob o'yinlari 12, 13 iyun kunlariga belgilangan, kubok finali esa 17 iyunda o'tkaziladi".

1/2 final doirasidagi "Yuventus" – "Milan" (1:1 – birinchi o'yin) bahsi 12 iyunda, "Napoli" va "Inter" jamoalari o'rtasidagi (1:0 – birinchi o'yin) bahs esa 13 iyunda o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia