Yusuf Abdulla: "Umar Abdulrahmon qonuniy tarzda BAAda o'ynaydi"

Narzulla Saydullayev
3 fev 2014, 18:57
BAA futbol assotsiatsiyasi bosh kotibi Yusuf Abdulla terma jamoa yarim himoyachisi Umar Abdulrahmon borasida o'z fikrlarini bildirdi.
Eslatib o'tamiz, Gonkong matbuoti aslida Yamanda tug'ilgan Umar Abdulrahmon BAA terma jamoasida o'ynashdan oldin FIFAdan ruxsat olishi kerakligini ma'lum qildi. FIFA reglamentiga ko'ra boshqa davlatda tug'ilgan futbolchi milliy terma jamoada o'ynashi uchun o'sha davlatda kamida 5 yil yashagan bo'lishi lozim. Faqatgina 18 yoshdan so'ng boshqa davlat fuqaroligini olish mumkin.

Yusuf Abdulla: "Bu ayblovlar mutlaqo to'g'ri emas. Umar Abdulrahmon BAAga emigrant sifatida kelmagan. Uning oilasi amirliklarda yashagan, shu bois ham oilasiga qo'shilish uchun BAAga kelgan. Qonunda ko'rsatilgan tartibda BAA fuqaroligi olgan".

Ushbu holatni FIFA ko'rib chiqmoqda. Agarda Umar Abdulrahmon haqiqatdan ham aybdor deb topilsa. BAA terma jamoasining Osiyo kubogi-2015 saralashidagi barcha o'yinlariga texnik mag'lubiyat yozilishi va ularning ochkolari 0 ga aylantirilishi mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia