Yozda Moldova va Ozarboyjon bilan o'ynashimiz mumkin

Narzulla Saydullayev
7 apr 2014, 20:02
Kuzda Inchonda bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan yangi terma jamoa tuzilishi haqida xabar berdik.
Mirjalol Qosimov boshqaradigan bu jamoaning ilk yig'ini iyul oyida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, iyul va avgust oylarida bu jamoamizga raqib sifatida Moldova va Ozarboyjon terma jamoalari maydonga tushishi mumkin. Bu borada muzokaralar davom etmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia