Yozda "Barselona"ni tark etmasligi aniq bo'lgan olti futbolchi

Narzulla Saydullayev
23 may 2020, 17:21
"Barselona" yozgi transfer oynasi vaqtida klubni tark etmasligi aniq bo'lgan 6 nafar futbolchi nomini e'lon qildi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Sotilmaydigan futbolchilar orasiga Mark-Andre ter Stegen, Jerar Pike, Frenki de Yong, Lionel Messi, Antuan Grizmann va Ansu Fati kiritildi.

Yozda "Barselona"ni Ivan Rakitich, Arturo Vidal, Neto va qator yosh futbolchilar tark etishlari deyarli aniq ekan.

Kataloniya klubi yozda "Yuventus" yarim himoyachisi Miralem Pyanich va "Inter" hujumchisi Lautaro Martinesni xarid qilmoqchi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: marca