Yozda "Arsenal" xorvatiyalik futbolchini sotib olishga yaqin kelgandi

Mirjalol Normatov
17 noya 2018, 21:07
"Beshiktosh" himoyachisi Domagoy Vida "Arsenal"ga o'tishga yaqin kelgandi.

"The Sun" xabariga ko'ra, ushbu transfer turk klubining talablari tufayli amalga oshmagan. Ular Vidani darvozabon David Ospinaga almashmoqchi bo'lishgan. Biroq "kanonirlar" bu taklifni qo'llab-quvvatlay olishmagan.

Bu mavsumda Vida turk klubi tarkibida 15 o'yinda qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun