Yovich "Real"dan ketishga qaror qildi

Alisher
18 sen 2020, 11:30
"Real" hujumchisi Luka Yovich klubini o'zgartirmoqchi.

Manbaning xabariga ko'ra, serbiyalik o'yinchi ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni xohlamoqda. "Galaktikos" rahbariyati esa uni to'laqonli asosda qo'yib yuborishga tayyor emas, ular ijaraga rozi bo'lishlari mumkin.

Eslatib o'tamiz, Yovich "qirollik klubi"ga o'tgan yili Frankfurtning "Ayntraxt" klubidan 60 million evro evaziga o'tgandi.

Futbolchining "Real" bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS