Yoshlarimizdan “Oq-tepa” darvozasiga javobsiz uchta gol

14 avg 2014, 12:45
Kecha 1995-96 yillarda tug'ilgan futbolchilardan iborat yoshlar terma jamoamiz “Jar” stadionining qo'shimcha maydonida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.
Birinchi ligadan oliy ligaga chiqishni ko'zlayotgan “Oq-tepa”ga qarshi kechgan bahsda yoshlar terma jamoamiz yirik 3:0 hisobida zafar quchdi. Aytish mumkinki, bu o'yinda “Oq-tepa” o'zidan hech narsa ko'rsata olmadi. Jamoaning o'yini juda qashshoq chiqdi.

Shuningdek, terma jamoamiz namoyish etgan futbolni ham zo'r deb bo'lmaydi. To'p uzatishlardagi xatolar nihoyatda ko'p bora ko'zga tashlandi. Shunga qaramay, 3:0 hisobidagi g'alaba qo'lga kiritildi.

Avvaliga Eldor Shomurodov hisobni ochdi, keyin birinchi taym oxirlarida Zabixillo O'rinboev hisobni 2:0ga oshirdi. Ikkinchi taymda esa Mirjamol Qosimov penaltidan to'p kiritib, hisobni yirik ko'rinishga keltirdi. Ravshan Haydarov boshqarayotgan jamoa bugun tunda Turkiyaga uchib ketadi va Istanbul shahrida 17-19 avgust kunlari Albaniya yoshlariga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

O'rtoqlik uchrashuvi. 13 avgust

O'zbekiston (U-19) - “Oq-tepa” - 3:0
Gollar: E.Shomurodov, Z.O'rinboev, M.Qosimov (penalti)

O'zbekiston (U-19): Dilshod Hamroev, Doston Tursunov, Akrom Komilov, Jamshid Boltaboev, Otabek Shukurov, Eldor Shomurodov, Zabixillo O'rinboev, Doston Hamdamov, Odil Hamrobekov, Firdavs Abdusalimov, Javohir Sohibov.

Zaxiradan tushganlar: Sarvar Karimov, Rustam Ashurmatov, Ibrohim Abdullaev, Sardor Azimov, Mirjamol Qosimov, Javohir Siddiqov, Xurshid G'iyosov, Izzatilla Abdullaev, Elyor Mo'ydinov, Asliddin Abdiev, Andrey Sidorov, Sherzod Abduraimov.

Manba: championat.asia