Yong'inda ota-onasidan ajralgan Ahmad Ronaldu bilan uchrashdi

Aslanov Jasurbek
18 mar 2016, 11:53
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoadoshlari bilan falastinlik Ahmad bilan uchrashdi.

31 iyul kuni Ahmad istiqomat qiluvchi uyni terroristlar yoqib yuborgan, natijada bolakayning akasi va ota-onasi halok bo'lishgan. Ahmad tanasining ko'p qismi kuygan. Shu kunlarda bolakayning orzusi amalga oshdi: U "Santyago Bernabeu"ga tashrif buyurdi, "Real" mashg'luotini kuzatdi va Ronaldu hamda jamoaning boshqa futbolchilari bilan suhbatlashdi. Bundan tashqari u to'p va futbolchilarning imzosi tushirilgan futbolka oldi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca