Yilning eng yaxshi futbol klubi bo'lishga da'vogar jamoalar aniq

Sherzod Nurmatov
7 avg 2025, 18:39
2025 yilning eng yaxshi futbol klubi nomiga beshta nomzod e'lon qilindi.

Nomzodlar orasida Ispaniyaning "Barselona", Braziliyaning "Botafogo", Angliyaning "Chelsi" va "Liverpul" hamda Fransiyaning PSJ klublari keltirilgan.

O'tgan yili Ispaniyaning "Real" klubi eng yaxshi klub deb topilgandi. G'olib klub 22 sentyabr kuni Parijdagi Shatle teatrida bo'lib o'tadigan "Oltin to'p"ni topshirish marosimida e'lon qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: France Football