Yilning eng chiroyli goli uchun Pushkash mukofotiga nomzodlar e'lon qilindi

Aslanov Jasurbek
29 noya 2021, 20:42
FIFA Pushkash mukofotiga nomzodlarni e'lon qildi.

Sovrin 2021 yilning eng chiroyli goli muallifiga topshiriladi.

Nomzodlar ro'yxatidan o'rin olgan futbolchilar: Luis Dias (Kolumbiya, Portu) Gote En (Valansen, Fransiya), Erik Lamela (Argentina, Tottenxem), Valentino Lazaro (Avstriya, Benfika), Riyad Maxrez (Aljir, Manchester Siti), Sandra Ovusu-Ansa (Gana, Spartak Subotica), Vangelis Pavlidis (Gretsiya, AZ), Daniela Sanches (Meksika, Keretaro), Patrik Shik (Chexiya, Bayer), Mexdi Taremi (Iran, Portu), Kerolayn Ueyr (Shotlandiya, Manchester Siti).

Nomzodlarga FIFA saytida ovoz berish mumkin. G'olib 2022 yilning 17 yanvar kuni Cyurixda e'lon qilinadi. O'tgan yili ushbu sovrinni Tottenxemning koreyalik hujumchisi Son Xyon Min qo'lga kiritgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fifa.com