Yaqindagina safga qaytgan De Bryuyne yana jarohat oldi

Narzulla Saydullayev
2 noya 2018, 09:31
Manchester Siti yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne Angliya liga kubogi 1/8 finali doirasidagi Fulxemga qarshi o'yinni (2:0) oxiriga etkaza olmadi.

86-daqiqada uning o'rniga boshqa futbolchi maydonga tushdi. Maydonni tark etayotganda Kevin chap oyog'ini ushlab olgan edi.

De Bryuyne avgust oyida jiddiy jarohat olib uzoq muddat davolangan edi. O'sha jarohatini davolagach ikkinchi bor maydonga tushgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bbc.com