Yaqindagina faoliyatini yakunlagan Vilya uchun dunyoning eng kuchli hujumchisi kim?

Alisher
21 noya 2019, 11:53
Yaqindagina futbolchilik faoliyatini yakunlagan ispaniyalik forvard David Vilya "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keynni dunyoning eng yaxshi hujumchisi deb hisoblaydi.

"Keyn - hozirgi paytda dunyoning eng kuchli hujumchisidir. Xarri har hijatdan kuchli futbolchi va bu uni Evro-2020ning "Oltin butsa"si uchun asosiy da'vogarlardan biriga aylantiradi.

"Tottenxem"da joriy mavsum ko'ngildagidek ketmayapti. Keynning kelajagi borasida esa hech narsa deb bo'lmaydi. U qayerda bo'lmasin, yaxshi futbolchi bo'lib qoladi va o'zining istedodini boshqa ligalarda ham namoyon qila oladi", - deydi Vilya.

Eslatib o'tamiz, Keyn 12ta gol bilan Evro-2020 saralashida to'purar bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail