Yaqin daqiqalar ichida Ramos “Real”dagi kelajagiga aniqlik kiritadi

Eldor Akmurzayev
11 mar 2021, 20:50
Toshkent vaqti bilan 21:00 da “Real” sardori Serxio Ramos ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi.

Jurnalist Xose Luis Sanchesning xabar berishicha, Ramos nafaqat o'zi haqidagi hujjatli filmni muhokama qiladi, balki klubdagi kelajagi haqida ham bayonot beradi. Manbaga ko'ra, Ramos Madrid klubida qolish istagini aytadi.

Ramosning klub bilan tuzgan shartnomasi joriy mavsum oxirida o'z yakuniga etadi va shu tufayli 34 yoshli himoyachining boshqa jamoaga o'tishi haqidagi gap-so'zlar ko'paymoqda.

Ispaniyalik futbolchi joriy mavsum "qaymoqranglilar" libosida 18 o'yinda maydonga tushib, 3+1 natija ko'rsatdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: El Chiringuito TV