Yaponiya terma jamoasi a'zolari klassik liboslarda FOTO

Tolibjon Qosimov
17 noya 2018, 13:04
Kecha Yaponiya terma jamoasi Oita shahrida Venesuela bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazdi.

Hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshqarib borgan o'yinda 1:1 hisobi qayd etildi.

"Kunchiqar yurt" futbolchilari keyingi o'rtoqlik bahsini 20 noyabr kuni Qirg'iziston terma jamoasiga qarshi o'tkazishadi.

Bugun terma jamoa delegaciyasi Oita shahridan Ayti prefekturasida joylashgan Toyota shahriga yetib keldi. Qo'shnilarimizga qarshi uchrashuv ayni shu shahardagi "Toyota stedium"da o'tkaziladi.

Yaponiya terma jamoasi a'zolarining Aytiga kelishidan suratlarni e'tiboringizga havola etamiz.

Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi Moriyasu Xajime.


Chapdan o'ngga: Sei Muroya, Takumi Minamino.


Yaponiya terma jamoasining yangi yetakchisi - Gaku Shibasaki.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/jfa_samuraiblue