Yaponiya o'ta, o'ta, o'ta yirik g'alabalarni davom ettiradi. Ketma-ket to'rtinchi o'yinda 5 golli farq bilan g'alaba

Mirjalol Normatov
9 yanv 2024, 20:06
Bugun Yaponiya terma jamoasi Dohada Iordaniyaga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi.

Unda yaponlar 6:1 hisobida g'alabaga erishdi. Qayd etish kerak, Yaponiya termasining g'alabali seriyasi 10ta o'yinga etdi.

Undan tashqari, Xajime Moriyasu shogirdlari so'nggi 4 bahsda (Myanma, Suriya, Tailand va Iordaniya) 5ta gol farqi bilan g'alaba qozondi.

Yaponiya - Iordaniya 6:1

Gollar: Ko Itakura (14), Takato Nakamura (19), Avtogol (32), Takumi Minamino (45), Takuma Asano (71), Daizen Maeda (79) - Solih Rateb (87).

Ma'lumot uchun, Yaponiya termasi Osiyo Kubogida Vetnam, Iroq hamda Indoneziyaga qarshi bahs olib boradi. Ilk uchrashuv 14 yanvar kuni Vetnamga qarshi bo'ladi.

Iordaniya esa Malayziya, Janubiy Koreya hamda Bahrayn bilan bir guruhdan o'rin olgan. Iordaniyaliklarning dastlabki bahsi 15 yanvar oqshomida Malayziyaga qarshi o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia