
Rus blogerlarini yozishicha ular "EvroOsiyo Ligasi"ni yo'lga qo'yishlari mumkin.
Hozircha bu xabar hech qanday rasmiy kuchga ega emas.
Liga 2023 yilning yozidan start olishi mumkin. Ruslarni yozishicha SHHT (Shanxay hamkorlik tashkiloti)ga a'zo davlatlar allaqachon musobaqa haqida ilk loyihalar bilan tanishtirilganlar.
Bu xabar ortidan, boshqa sport turlarining "tepasida" turadigan promouterlarning ham oyog'i qimirlab qolgan, bular boks va yakka kurash sport turlari vakillari.
SHHTga bugungi kunda a'zo davlatlar - Rossiya, Xitoy, O'zbekiston, Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Hindiston, Pokiston.
Eron yaqin orada SHHTning to'laqonli a'zosiga aylanishi kutilyapti.
Afg'oniston, Belarus va Mo'g'uliston kuzatuvchi rolida.