Yangi formatdagi klublar o'rtasidagi JCHning umumiy mukofot jamg'armasi ma'lum

Khoja
6 dek 2024, 11:12
Kecha yangi formatdagi klublar o'rtasidagi JCHning qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

OAV ma'lum qilishicha yangi ko'rinishdagi JCHning umumiy sovrin jamg'armasi 2,5 milliard evroni tashkil qiladi. Marca'ning xabar berishicha ushbu mablag'ning 70 foizi Yevropaning 12 klubi o'rtasida taqsimlanadi. Qolgan 30 foizi esa turnirda ishtirok etadigan yana 22 ta jamoa orasida taqsimlanadi.

Eslatib o'tamiz, yangi formatdagi JCHning ochilish uchrashuvida Inter Mayami va Al Ahli o'zaro bahs olib boradi. Uchrashuv kelasi yilning 15 iyun sanasida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com