Yana olti nafar futbolchi APL Shon-sharaflar zaliga qabul qilindi

Alisher
21 apr 2022, 13:42
Olti nafar futbolchi Angliya Premer-ligasining Shon-sharaflar zaliga kirdi.

Ro'yxatga Serxio Aguero, Vensan Kompani (ikkisi ham – Manchester Siti), Dide Drogba (Chelsi), Pol Skoulz (Manchester Yunayted), Peter Shmeyxel (Manchester Yunayted, Aston Villa, Manchester Siti) va Ian Rayt (Arsenal, Vest Xem) kiritildi.

Oldinroq, ushbu yilda Shon-sharaf zaliga Ueyn Runi va Patrik Vieyra qabul qilingan edi.


Shon-sharaf zalining umumiy a'zolari 16 futbolchini tashkil etadi:

Terri Anri

Alan Shirer

Erik Kantona

Roy Kin

Frenk Lempard

Dennis Bergkamp

Stiven Djerrard

Devid Bekxem

Ueyn Runi

Patrik Vieyra

Serxio Aguero

Vensan Kompani

Dide Drogba

Pol Skoulz

Peter Shmeyxel

Ian Rayt


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: premierleague.com