

Bu haqida klub matbuot xizmati ma'lum qildi.
"Charlton"ning uzoq muddatli farovonligi uchun yangi transfer oynasi boshida kelishuv tuzishimiz kerak edi. Buning evaziga klub yangi o'yinchilar xaridi uchun katta mablag'ga ega bo'ladi", - deydi jamoa xo'jayini Rolan Dyushatle.
Eslatib o'tamiz, "Charlton" Chempionshipning joriy mavsumida 28 ochko bilan 19-o'rinda boryapti.



