Yaman – O'zbekiston bahsini kimlar sharhlab boradi?

Sherzod Nurmatov
11 iyun 2021
Xabaringiz bor, bugun O'zbekiston terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasidagi yurishini davom ettiradi. Terma jamoamiz Yaman termasiga qarshi o'yinda ishtirok etadi.

"Sport" telekanalida namoyish etiladigan uchrashuvning o'zbekcha talqinida Murod Rizaev va Zuhriddin Qilichev ishlashsa, ruscha talqinda Otabek Jo'raev ish olib boradi. Shuningdek, o'yinni "Futbol TV" telekanali ham jonli ravishda namoyish qilishi va uni Davron Fayziev bevosita voqea joyidan sharhlashi kutilmoqda.   


11 iyun, JCH-2022 saralash bosqichi

"King Fahd International stadium", Ar Riyod, Saudiya Arabistoni, 

Yaman - O'zbekiston 

Boshlanish vaqti: 23:00.

Bosh hakam: Muhammad Abdulla (BAA)

Yon hakamlar: Muhammad Alhammadi (BAA), Muhammad Hasan (BAA)

Zaxira hakami: Ali Hasan Alsamaheji (Bahrayn)

Eslatib o'tamiz, ushbu bosqichda saralash bahslari Saudiya Arabistonida markazlashgan holda o'tkazilmoqda.

23:00 da start oladigan bahs saytimiz orqali ham matnli translyatsiya qilinadi. Demak, bizdan aslo uzoqlashmang. Olg'a, O'zbekiston!


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia