Yamal derbiga qadar tiklanmaydi

Mirjalol Normatov
11 okt 2025, 19:20
Lamin Yamal "Barselona"ning navbatdagi o'yinini o'tkazib yuboradi.

Oldinroq "Barselona" vingeri jarohati sababli Ispaniya termasi tarkibidan ham chiqarilgandi. Kataloniya klubi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ham 18 yoshli futbolchining "Real"ga qarshi o'yinda qatnashishini ham bilmaydi.

Yamalning 18 oktyabr kunidagi "Jirona"ga qarshi o'yinda qatnashmasligi aniq bo'lib ulgurgan. "Real"ga qarshi bahs esa 26 oktyabr kuni o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: sport.es