Xyoness: "O'ylaganlarim rost bo'lsa, endi "Barselona"ni hurmat qilmayman"

Aslanov Jasurbek
19 avg 2017, 11:21
"Bavariya" prezidenti Uli Xyonessning fikricha, Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi o'z harakatlarini "Barselona" rahbariyati bilan kelishib bajarmoqda.

Oldinroq "Barselona" qiziqish bildirayotgan forvard mashg'ulotda ishtirok etmagani uchun "Borussiya"dagi jamoadoshlari bilan shug'ullanishdan chetlatilgan edi. Ma'lum bo'lishicha, transfer amalga oshmagunicha Dembele Fransiyada qolmoqchi.

"Agar Dembele harakatlari ortida "Barselona" turgan bo'lsa, ularni boshqa hurmat qilmayman. Futbolchini o'z shartnomasiga hurmatsizlik qilishga undash - pastkashlik. Agar "Borussiya" 120, 130 yoki 150 mln. evro olsa, klub yutadi, futbolchi emas. Biroq tovon pulini o'yinchi belgilamaydi. Agar Dembele "Bavariya" futbolchisi bo'lganida, har bir tartibbuzarligi uchun 100 ming evrodan jarima to'lagan bo'lar edi" - deydi Xyoness.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Eurosport