XXI asrning eng yaxshi murabbiyi aniqlandi (IFFHS)

Eldor Akmurzayev
16 fev 2021, 21:30
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) XXI asr ilk 20 yilligining eng yaxshi murabbiylari ro'yxatini tuzdi.

Tashkilot murabbiylarning yillik reyting natijalari bo'yicha tasnifladi. Yil murabbiyi bo'lganlarga 20 ball, 2-o'rindagilarga 19 ball berildi va hokazo.

“Tottenxem” ustozi Joze Mourinyu 226 ball bilan yetakchilikni qo'lga kiritdi. Germaniya TJni boshqarayotgan Yoaxim Lyov (213 ochko) 2-pog'onani egallagan bo'lsa, Ser Aleks Fergyuson va “Man Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola 183 balldan to'plagan holda 3-o'rindan joy olishdi.

1. Joze Mourinyu – 226

2. Yoaxim Lyov – 213

3. Ser Aleks Fergyuson va Pep Gvardiola – 183 balldan

4. Arsen Venger – 181

5. Karlo Anchelotti – 165

6. Visente del Boske – 157

7. Diego Simeone – 152

8. Dide Desham – 131

9. Marselo Belsa – 121

10. Fabio Kapello – 120

11. Guss Xiddink – 112

12. Luish Felipe Skolari – 110

13. Rafael Benites – 103

14. Marchello Lippi – 100

“Tumanli Albion”ga aloqador qiziqarli xabarlar Instagram'dagi @angliyafutboli sahifasida! Obuna bo'ling!

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: IFFHS