Xvichaga 10-raqamni berish kerakmi? Maradonaning o'g'li javob berdi

Mirjalol Normatov
19 mar 2023, 14:20
"Napoli" afsonasi Diego Maradonaning o'g'li ayni damda neapolliklar yetakchisi bo'lib turgan Xvicha Kvaratsxeliyaga 10-raqamni berish kerakligi borasida gapirdi.

"Lorenco Insine borasida aytgan gapimni yana takrorlashim mumkin. Kvaratsxeliya - ajoyib futbolchi. Biroq 10-raqamga tegib bo'lmaydi", - dedi kichik Maradona.

Diego Maradona 1984-1991 yillar davomida "Napoli" tarkibida 10-raqamda o'ynab, 188 o'yinda 81 gol urgan. Klubdagilar uning hurmat sababli 10-raqamni muzlatib qo'ygan.

Kvaratsxeliya ushbu mavsumda 29 o'yinda qatnashib, 13tadan gol va assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal