

"Napoli" klubi futbolchisi Xvicha Kvaratsxeliya "Atalanta"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushmaydi. Bu haqida klub rasmiy sayti xabar berdi. Futbolchi umurtqasida og'riq sezayotgani sabab ham ushbu uchrashuvni o'tkazib yuboradi.
Ma'lumot uchun, Xvicha ushbu mavsumda A Seriyada 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol va 5 ta assist qayd etdi. "Napoli" hozirda A Seriya jadvalini boshqarib turibdi.



