Xvicha PSJda hozirgidan 4-5 baravar ko'p maosh oladi

Aslanov Jasurbek
11 yanv 2025
Xvicha Kvaratsxeliya PSJ bilan shartnoma borasida kelishib oldi.

Bugun "Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte gruziyalik vinger uni sotishlarini so'ragani haqida aytib berdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Parij klubi Kvaratsxeliya bilan 5 yillik bitim borasida kelishib olgan. Futbolchining maoshi hozirgidan 4-5 baravar ko'p bo'ladi.

PSJ va "Napoli" muzokaralarni davom ettirmoqda. Yangi uchrashuv kelasi haftada bo'lib o'tadi.

Xvicha joriy mavsum A Seriyaning 17ta uchrashuvida maydonga tushib, 5ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano