Xushxabar! AQSH va Meksikaga qarshi uchrashuvlarga MTJni Srechko Katanets boshchiligidagi murabbiylar shtabi tayyorlaydi

Sherzod Nurmatov
15 avg 2023, 18:04
Yodingizda bo'lsa kerak, iyun oyidagi CAFA turniri davomida O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi Srechko Katanets betobligi tufayli terma jamoa safini tark etib, sog'lig'ini tiklash uchun Sloveniyaga yo'l olgan edi.

Hozirda bosh murabbiyimiz o'zini yaxshi his etmoqda. Yaqin kunlarda O'zbekistonda o'z ishini bajarayotgan yorqdamchilari safiga kelib qo'shiladi. 

Rejaga muvofiq, sentyabr oyidagi FIFA kunlarida milliy jamoamiz AQSHda yig'in o'tkazgan holda mezbon AQSH va Meksika terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etadi. Mazkur o'yinlarda jamoamizga va murabbiylar shtabiga Srechko Katanets boshchilik qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати