Xojson: "Sterling charchoq tufayli Estoniyaga qarshi asosiy tarkibda bo'lmadi"

Aslanov Jasurbek
13 okt 2014, 11:09
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Xojson Evro2016 saralashi doirasida Estoniyaga qarshi o'yinda nega yarim himoyachi Raxim Sterling maydonga asosiy tarkibda tushmaganini tushuntirib berdi.

"Raxim mashg'ulotlardan so'ng oldimga kelib, o'zida charchoq alomatlarini sezganini va yaxshi formada emasligini aytdi. Men unga, Adam Lallana asosiy tarkibda chiqishi va o'zi zaxiradan o'yinga qo'shilishi haqida ta'kidladim. E'tibor bergan bo'lsangiz, shunday ham bo'ldi, Sterlingda hech qanday jarohat yo'q" - deydi Xojson.

Angliya terma jamoasi Estoniyani 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. O'yindagi yagona golni Ueyn Runi o'z nomiga rasmiylashtirdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com