Xotira turnirida “Xorazm” jamoasi g'olib chiqdi

Narzulla Saydullayev
4 mar 2015, 08:14
Xorazm viloyatining Xonqa tumanidagi markaziy o'yingohda futbol fidoyisi Qahramon Musaev xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan turnir poyoniga etdi.
Vali Sultonov ustozlik qilayotgan “Xorazm” jamoasi hal qiluvchi uchrashuvda “Urganch OZK-1” jamoasini 4:0 hisobida engib, xotira turniri g'olibligini qo'lga kiritdi. Natijada, “Urganch OZK-1”ga ikkinchi o'rin nasib etdi.    3-o'rin uchun kechgan o'yinda “Xonqa”liklar “Bog'ot” jamoasi ustidan  2:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
  
G'olib va sovrindor jamoalar Q. Musaevning oila a'zolari, xususan,  farzandi Doniyor Salaev tomonidan taqdirlanishdi.

Ikrom  XUDOYBERGANOV,

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia