Xosep Gvardiola: "Siti"ning natijalari jamoaga qo'shimcha ishonch bag'ishlaydi"
Aziz Tukhtamuradov
30 iyul 2017, 23:40
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasining AQSHdagi yig'inlari haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
"Natijalarimiz albatta ishonch bag'ishlaydi. O'yinimiz yaxshi saviyada. Men so'nggi ikki o'yindan mamnunman. Xech qanday jarohatlar yo'q. Endi uyga boramiz. Ozgina damolamiz va tayyorgarliklarni davom ettiramiz", - deydi Gvardiola.