

- O'yin haqida...
- Ikkinchi o'yinda shogirdlarimdan judayam xursand bo'ldim. Aynan bugungi uchrashuvda yigitlar liderlik xislatlarini namoyon etishdi, chunki psixologik jihatdan ham, bellashuvga bo'lgan munosabat jihatdan ham raqibdan ustun edik.
- Terma jamoa bosh murabbiyi sifatida to'rtta o'yinda ishladingiz. Sizning ko'rsatmalaringiz yigitlar tomonidan amalga oshirilayotgani sezilyaptimi?
- Eng muhimi, bosqichma-bosqich rivojlanib boryapmiz. Mart oyiga qadar jamoa sifatida shakllanib ulguramiz.



