Xonda Portugaliya klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin

Alisher
6 yanv 2021, 08:56
"Botafogo" yarim himoyachisi Keysuke Xonda faoliyatini Portugaliya chempionatida davom ettirishi mumkin.

34 yoshli yaponiyalik futbolchi 12 turdan so'ng jadvalda 15-o'rinda borayotgan "Portimonense" klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin.

Xonda Portugaliyada va koronavirus uchun test topshirgan, uning faqat tibbiy ko'rikdan o'tishi qoldi xolos.

Eslatib o'tamiz, Keysukening "Botafogo" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning 28 fevraliga qadar mo'ljallangan edi, ammo o'yinchi Braziliya klubini erta tark etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Esporte Interativo