Xonda MLSga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
29 dek 2016, 17:43
"Milan" yarim himoyachisi Keysuka Xondaning agenti va akasi Xiroyuki Xonda Xitoy klublari bilan bog'langanini, ammo futbolchi MLSga o'tishni istayotganini aytdi.

"Biz bazi Xitoy klublari bilan bog'landik, ammo ularning takliflarini rad etdik. Xonda Xitoyga ko'nikishi qiyin bo'lardi. Biz MLSni tanladik. Keysuke "Milan"da kam maydonga tushyapti va terma jamoadagi joyini yo'qotib qo'yishdan qo'rqmoqda" - deydi agent.

Oldinroq Xondaga "Tottenxem", "Vest Xem" hamda "Sautgempton" qiziqish bildirayotgani haqida e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Japan Yahoo Sport