Xonda "Milan" safidagi debyutini "Speciya"ga qarshi o'tkazadi

Tolibjon Qosimov
11 yanv 2014, 17:14
"Milan" yarim himoyachisi Keysuke Xonda keyingi chorshanba kuni Italiya kubogi doirasidagi "Speciya"ga qarshi o'yinda klubdagi debyutini o'tkazadi.
O'sha o'yinda "Milan" darvozasini Gabriel qo'riqlashi aytilmoqda.

Massimiliano Allegri kubok bahsida Odil Rami va Jampaolo Paccinini maydonga tushirmoqchi.

Eslatib o'tamiz, 12 yanvar kuni "Milan" Italiya A seriyasi doirasida "Sassuolo"ga qarshi o'ynaydi. Xonda bu o'yinni zaxira o'rindig'ida boshlaydi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru