
Xollandning aytishicha, Mourinyoning yordami bilan, Ronaldu o'yindagi individual mahoratini oshirgan.
“Ronaldu bilan har doim faxrlanib kelganman. Lekin uning individual mahorati Mourinyo murabbiylik qilgan o'sha uch yilda yuqori darajaga chiqqan. U endi turli vaziyatlardan gol kirita oladigan mohir futbolchi bo'lib yetishdi. Krishtianu o'yin taqdirini yakka o'zi hal qila olish qobiliyatiga ega”, - deydi Xolland.