Xoland uchun yana bir davogar paydo bo'ldi

Alisher
18 okt 2019
"RB Zalcberg" futbolchisi Erling Xoland bir necha top klublar e'tiborini tortmoqda.

Istedodli futbolchi uchun "Barselona", "Real", "Yuventus" va "Liverpul" klublari qiziqayotgan edi.

Endilikda yosh futbolchi uchun kurashga "Manchester Siti" ham qo'shildi.

"Siti" skautlari Xolandning o'yinini kuzatish uchun jamoaning "Liverpul"ga qarshi o'yiniga ham tashrif buyurishgan.

Futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 17ta o'yinda maydonga tushib, 28ta gol urishga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: Express