Xoland Yevropa top-5 chempionatlaridagi 100-o'yinida 98-golini urdi

Administrator
14 may 2023
Futbolchining ko'rsatkichlari shunchaki dahshatli.

APL 36-turidan o'rin olgan "Everton" - "Man Siti" uchrashuvida Erling Xoland gol urishga muvaffaq bo'ldi. Ushbu gol Xolandning APLdagi 33 ta o'yinda kiritgan 36-goli bo'ldi.

Erling "Borussiya D" tarkibida 67 ta o'yinda 62 ta gol kiritishni uddalagandi. 

Shunday qilib, umumiy hisobda Erling Xoland Yevropa top-5 chempionatlarida 100 ta uchrashuvda o'zining 98-golini kiritdi. 


AdministratorMuallif
Manba: Opta Sports