Xoland bosim haqida: "Bu doimo bo'ladi"

Mirjalol Normatov
2 okt 2022
"Manchester Siti" forvardi Erling Xoland YCHL bosh sovrini bosimi haqida gapirdi.

- Sizni "Manchester Siti"ning YCHL sovrinini qo'lga kiritishidagi asosiy element deb hisoblashmoqda. Bu qanchalik bosim beradi?

- Qaysi klubda o'ynashidan qatiy nazar futbolchilarga doimo bosim bo'ladi. "Dortmund"da o'ynayotganimda ham 80 minglik muxlisning bosimini sezib turardim.

Futbolchilarga har kuni shunday bosim bo'ladi, bu esa o'ziga hos imtixon. Bunday holat yaqin 10-15 yilda davom etadi.

Boya Siz aytgan element degan so'zga qo'shilmagan bo'lardim. Biroq YCHL sovrini - asosiy maqsadim, - dedi Xoland


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal