“Xokim Kubogi-2016”. "Andijon" yoshlari “Neftchi”ga mag'lub bo'ldi. Ertaga Andijonda “Norin” bilan o'yin bor

3 fev 2016, 21:50
Farg'onada kechayotgan “Hokim Kubogi-2016” turnirining bugun 4-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

“A” guruhidan o'rin olgan “Andijon” safarda “Neftchi-1” jamoasi bilan kuch sinashdi. Aytish lozimki, “burgutlar”ning asosiy tarkib a'zolari bugungi kunda poytaxtda yig'in o'tkazayotgani bois Farg'onadagi turnirga yoshlar jamoamiz tashrif buyurmoqda. Qahramon Abduqodirov boshqaruvidagi “Andijon” yoshlar jamoasi qarshisida bugun jiddiy raqib gavdalandi. Tabiiyki hisob ham shunga yarasha ko'rinish oldi. 

Andrey Fyodorov boshchiligidagi “Neftchi”ning asosiy tarkibiga qarshi kechgan uchrashuvda yoshlarimiz 2:0 hisobida mag'lub bo'ldi. 

Shuni takidlash joizki, “A” guruhida “Andijon” jamoasi shu kungacha 7 ochko to'pladi.

Ertaga yoshlar jamoamiz “Norin” bilan o'ynaydi. Uchrashuv Andijon shahridagi Sho'rbuloq dahasida joylashgan sun'iy maydonda 11:00da boshlanadi. Ishqibozlarimizni taklif etamiz.  

“A” guruhi 4-tur

“Andijon” – “Neftchi-1” - 0:2

Farg'ona. “Neftchi SK” stadioni.

Gol: Baxtiyor Yoqubov, 1:0. Murod Bobojonov, 2:0.

“Neftchi-1”: O'tkir Yusupov, Shukur Po'latov, Jahongir Mehmonov, Alisher Samatov, Dilyor Irmatov,  Javohir Rasulov, Abbos Maxstaliev,  Muxsin Ubaydullaev, Baxtiyor Yoqubov, Mansur Saidov, Murod Bobojonov.

Zaxira: Abdumavlon Abdujalilov, Ilxom Boydedaev, Sardor Qulmatov, Doston Tursunov, Sardor Eminov, Umid Qodirov, Otabek Isroilov, Jamshid Xoshimov,  Islom Toshpo'latov.

“Andijon”: Barakatillo Isroilov, Madamin Mahmudov, Ahror O'ktamov, Dilmurod Mahmudov, Bobur O'rishev, Baxtiyor Qosimov, Shoxsulton  Parpiev, Ro'zivoy Abdug'afforov, Shoxjahon Hasanov, Abror Komilov, Xondamir Yuldashev.

Zaxiradan tushganlar: Avaz Sharobiddinov, Bahrom Qosimov, Sardor Solijonov.


"Andijon" FK matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia